Italiyalik fanatlar Shomurodov haqida nima deyapti?

  • 9 oktabr, 2020, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa futbolida jamoalarning ashaddiy muxlislarining fikr-mulohazalari klublar rahbariyati tomonidan inobatga olinishiga ko‘p bor guvoh bo‘lganmiz. Klub, jamoa, murabbiy, futbolchilarga  doir hech qaysi yangilik, voqea va o‘zgarishlar fanatlarning e’tiboridan chetda qolmaydi.

Tecno

Xususan, o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov ko‘chib o‘tgan “Jenoa” futbol klubining ham o‘ziga yarasha sodiq ixlosmandlari bor va ular jamoa taqdiriga befarq emas.

Xorij ommaviy axborot vositalari “Jenoa” muxlislarining Eldor Shomurodov bo‘yicha bildirgan fikrlariga jamlab, ularni e’lon qilmoqda. Aytish joizki, ayrim muxlislar o‘zbekistonlik legionerga katta umid bildirayotgan bo‘lsa, ba’zilari transferlar mavsumida yulduz darajasidagi hujumchini kutganini yashirmayapti.

00637218

Demak, “Jenoa” muxlislarining Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha fikrlari bilan tanishamiz.

Ivan Quartulli:

O‘tgan mavsumda Eldor juda zo‘r o‘ynadi va eng yaxshi to‘purarlardan biri bo‘ldi. Yangi mavsumda esa, chempionatda gol urolmadi. Birdan genuyaliklar paydo bo‘ldi va hujumchi uchun biri necha milliondan voz kechdi. Jamoamiz tarkibida u o‘tgan yilgi darajasiga ko‘tarilib olishiga umid qilamiz!

Mirko Melis:

Vaziyatdan kelib chiqib, Pandev o‘ziga munosib o‘rinbosar topilgunicha 50 yoshgacha o‘ynaydigan ko‘rinadi.

Ar Nicco:

Keyingi yillarda bir necha hujumchilarni sotib oldik, lekin ulardan hech biri zo‘r to‘purar bo‘lib chiqmadi. Shomurodov kuchsiz bo‘lgan Rossiya chempionatidan keldi. U gol urolmayotgan edi. Biz katta pul sarfladik. Dunyoning turli burchaklaridan o‘yinchi olgandan ko‘ra, bitta zo‘r hujumchi taklif qilish kerak edi.

Nicola Aschero:

Ishonchimizni oqla, yigit. Bizga sening gollaring kerak!

Rosell Guarnieri:

Men oxirigacha bu mish-mish, deb o‘yladim. Yo‘q, uni futbolkamizda ko‘rdim. Rossiyada gol urolmayotgan hujumchi uchun 9 million to‘lash bu faqat bizga xos. “Atalanta” Rossiyadan Miranchuk singari ajoyib futbolchini 15 million evroga xarid qildi.

58388C0D-B191-4331-A7E3-49CA5FE09FDA_1

Gian Marco:

Yana bir tushunarsiz xarid. Hujumchi mavsumda bitta gol uribdi. Yaqinda u “Jenoa”da bir necha o‘yinda maydonga tushadi, o‘zini ko‘rsatolmasa, zaxiraga mixlanadi. Kunimiz yana nevara kutayotgan Pandevga qoladi.

Bruno Emmanuele:

Rossiya ligasidan kelgan o‘yinchilar har doim ham A Seriyaga moslasha olmaydi. Lekin jamoamiz pandemiya inqirozi davrida turli manbalarga murojaat qilishga majbur. Miranchuk, Shomurodov va bu yana davom etadi.

Marco Sparso:

Salbiy fikrlar uchrayapti. Kelinglar, Eldorga imkoniyat beraylik! Men uning o‘yinlaridan lavhalar tomosha qildim. U zo‘r. Tezkor, bosh bilan yaxshi o‘ynaydi, zarbasi bor va pas berishni biladi. Kelinglar, uni amalda nimalarga qodirligini ko‘raylik!

Ko‘rinib turibdiki, Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha fikrlar har xil. Lekin bularning bariga javob bitta. Eldor “Jenoa” tarkibidagi o‘yini va gollari bilan o‘zining qanday hujumchi ekanini ko‘rsatib qo‘yishi kerak...

Baxtiyorning Eldor ortidan Evropaga ketishini kutishmoqda

Shomurodov millionerga aylanadi...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Umarjon G'oyifov
07/10/2020 08:44
Ўзбекистонлик мухлислар хам юрак ютиб, Элдорни биринчи ўйинини кутиб турибди, агар биринчи ўйинда Элдор гол уриб, жамоаси ютиб чиқса, мен қувонч кўз ёшларимни тўхтата олмайман. Илохим шундай бўлсин. Бизни фақат хурсандчиликлан йиғлатсин Элдор, олға Элдор!
&
Насаф
07/10/2020 09:16
А билмадимда
&
Окаси
07/10/2020 09:19
Элдоржон, укам, билакларингдаги томирларингдан сенда шижоат, куч, уқув ва идрокинг жўш ураётганлигини бу италян фанатларига ҳам чиройли ва қатор-қатор, қўша-қўша голларинг билан бир намойиш қилиб бергин. Токи улар сени яқин икки уч ой ўтмасдан, кўкларга кўтарсин! Қисқа муддат ўтиб, қишки трансфер чоғида сани Ювентус, Реал, Барселона, Бавария ўзида кўришни ҳоҳлаб қолсин!!! Омад, укам!
Abdulla Safarov
07/10/2020 09:19
Факат хеттрик кутамиз кулимиз дуода
Dastan Uteuliev
07/10/2020 13:40
Братишка аллахым жар болсын
Дилшод Даврлнов
07/10/2020 09:53
Элдор кучга тулишинг керак Уйланиб голларинг камайди жисмоний куч йигишинг керак Оилавие уе хаёларни вактинча унут ОМАД ОЛГА умидимид сендан