Italiyalik jurnalist Shomurodov haqida qattiq gaplarni aytdi!

  • 7 iyul, 2023, 23:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Eldor Shomurodovning Italiya yuqori divizionidagi faoliyati turli bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi etakchisi 2020 yilning oktyabridan beri kuchli beshlik chempionatlaridan biri hisoblangan A Seriyada o‘ynab kelmoqda.

Legionerimiz Rossiya Premer-ligasi vakili “Rostov”dagi uch yillik faoliyatidan keyin jami 9 million evro evaziga “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgandi.

Eldorning debyuti muvaffaqiyatli chiqdi. Genuya klubida dastlabki mavsumda sakkizta gol urgan hujumchimiz “Yuventus” va “Roma” kabi grand klublar nazariga tushdi.

166242_680

Taqdir uni Rimga etakladi. “Roma” bu transfer uchun “Jenoa”ga 18 million evro to‘lagani Eldorning debyut mavsum muvaffaqiyatli chiqqanini isbotlaydi.

Biroq, Shomurodov “Roma”ning asosiy tarkibidan muqim o‘rin egallay olmadi. Buning o‘ziga yarasha sabablari borligini hamma biladi. Joze Mourino hujumchimizni bir yarim yil zaxirada olib o‘tirib, shu yil yanvar oyida “Spetsiya”ga ijaraga berishga ko‘ndi. Liguriyadagi o‘yinlari ham idealdan ancha uzoq bo‘ldi.

Yana Shomurodov oldida o‘ziga boshqa jamoa topish vazifasi paydo bo‘ldi. Bu holat ko‘p muhokama qilinmoqda. Xususan, italiyalik taniqli jurnalist Massimo Franki 28 yoshli futbolchimizning A Seriyadagi imkoniyatlarini juda past baholayapti.

- “Spartak” Eldor Shomurodovga taklif bildiribdi. Eldor Italiya chempionati talabiga javob bermaydi. U braziliyalik, argentinalik, rantsiyalik, ispaniyalik, angliyalik yoki ispaniyalik emas. Shomurodov o‘zbekistonlik, saviyasi talab qilinganidan pastroq.

“Roma” bu futbolchi bilan 2026 yilning yozigacha shartnoma tuzgan va uning uchun ham Shomurodov bu erdan ketishni istamayapti.

Ayni paytda u Rossiyadan ko‘ra, o‘zi uchun yanada yaxshiroq taklif tushishini kutyapti. U nega “Spartak”na rad javobini berganini tushunish qiyin emas, - dedi Tuttosport nashri jurnalisti Massimo Franki.

Ta’kidlash joizki, Eldor Shomurodovda hozirning o‘zida boshqa variantlar ham bor. Yaqinda o‘zbek hujumchisiga Gretsiyaning PAOK va Turkiya Superligasining amaldagi g‘olibi “Galatasaroy”dan jiddiy qiziqish bo‘layotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Aslida Joze Mourino Eldor Shomurodovga etarli darajada o‘yin amaliyoti bermay qo‘yganidan keyin o‘zbek hujumchisiga Angliya, Ispaniya, Frantsiya, Germaniya, Turkiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni va Osiyoning bir necha mamlakatlaridan chorlovlar bo‘lgan. Biroq, legionerimiz Italiyada qolish maqsadida bu takliflarni qabul qilmadi.

Bundan tashqari, so‘nggi bir yil ichida Shomurodovni so‘rab,  “Torino”, “Sampdoriya”, “Sassuolo”, “Montsa”, “Kremoneze”, “Udineze” kabi jamoalari Rim klubiga murojaat qildi. Joze Mourino aksariyat holatlarda Eldorning transferiga ko‘nmadi. Portugaliyalik mutaxassis faqatgina “Spetsiya”ga ijaraga berish variantiga ko‘ndi xolos.

c5f328b1d14f12b14d6d25f8014ed25c

Klublar miqyosida ishi yurishmayotganiga qaramay, Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida sermahsul o‘yin ko‘rsatmoqda. Hozircha, mamlakatimiz bosh jamoasida 65 ta uchrashuvda maydonga tushgan hujumchi o‘z hisobiga 37 ta gol yozdirib qo‘ydi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha mutlaq rekordchiga aylandi.

Irismetov: Shomurodov Saudiyaga bormadi, sababi...

Zeytullaev Shomurodovga “to‘g‘ri yo‘l”ni ko‘rsatib yubordi!

Shomurodov Premer-liga klubi taklifini rad etdi. Muxlislar qanday fikrda?

Legionerimiz ispaniyalik ustoziga qattiq ishonyapti!

Legionerimiz ketish sababi va qozoq futboli kamchiligini aytib ketdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
07/07/2023 23:12
Яна шомуродовми???????¿
Шухрат Хусаинов
07/07/2023 23:12
Яна шомуродовми???????¿
Dolche& Gabana
07/07/2023 00:43
Эй онени ит сиккур чала журналистла шу кийшик оек вапше зайбал килди бу бир иккинчидан киска килиб журналистни гапини пепевод килиб езиб куй сука итам билади машал буник ростов женоада уйнаб ромага борганини сиквордин наххуй 2огизли гапга даххуя аввалги историяни кушиб езиб онени сикела чемпионат асияни якинигаям келолмайсанла сукала
Farhod Ziyayev
06/07/2023 21:45
Узбекистон МТЖ да иложи борича хамма Элдорга пас беришга харакат килади, Италияда хусусан Ромада эса хамма узига уйнайди. Мураббийнинг курсатмаси балким шундайдир. Лекин Барсада деярли хамма Мессига уйнар эди.