ITKF karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi

CHERY AUTO

5-6 dekabr kunlari Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining sport zalida O‘zbekiston ITKF karate-do federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan o‘smir va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi turniri bo‘lib o‘tdi.

Tecno

7 

Ushbu musobaqaga bo‘lgan qiziqish juda yuqori bo‘ldi. Ayniqsa, ramziy ma’nodagi 5 yoshli qizaloqlar o‘rtasidagi bahslar juda qizg‘in kechdi. Ochilish marosimi ham yuqori saviyada tashkil qilinganligi sportchilarda katta taascurot qoldirdi. 

6

“Rasman federatsiya sifatida ish boshlaganimizga ko‘p bo‘lmadi. Undan avval, Respublika an’anaviy karateni rivojlantirish markazi sifatida faoliyat yuritgandik. Yanada aniqroq aytsak, 2020 yil 24 iyunda federatsiya maqomini oldik. Shundan keyingi ilk katta musobaqamiz ushbu O‘zbekiston kubogi bo‘ldi. To‘g‘ri, biroz kamchiliklar bo‘ldi. Ish bor joyda kamchilik bo‘ladi deyishadiku… Navbatdagi musobaqalarimiz yanada chiroyli va tashkilotchilik saviyasi ham yuqori bo‘ladi, degan umiddaman va bunga harakat qilamiz. Maqsadimiz yurtimizda ushbu yakkakurash turini ommaviyligini oshirish barobarida yurtimiz sha’nini xalqaro arenalarda munosib himoya qilishdir”, - deydi O‘zbekiston ITKF karate-do federatsiyasi rahbari Shuhratjon Kushmuratov. 

itkf2

Mazkur musobaqaga mamlakatimizning turli hududlaridan 200 nafarga yaqin sportchi tashrif buyurdi va g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. Kata, kumite va En-Bu yo‘nalishlarida o‘tkazilgan bellashuvlar juda qiziqarli ko‘rinish oldi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.

itkf3

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!