Ixtiyorimda bo‘lsa, Shomurodovni olib qolardim!

  • 21 sentabr, 2022, 19:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” nafaqat Italiya, balki butun Evropa nigohini o‘ziga qaratgan klub bo‘lib turibdi. O‘tgan mavsumda Konferentsiyalar ligasidagi tarixiy g‘alaba, yozgi transferlar mavsumida Rimga kelgan yulduz o‘yinchilarning ko‘pligi Joze Mourino jamoasiga bo‘lgan qiziqishni yuqori darajaga olib chiqdi.

Tecno

Poytaxtlik futbol ishqibozlarining jamoaga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. “Olimpiko” arenasi mezbonlik qilgan beshta uchrashuvning har biriga 60 mingdan ziyod muxlis tashrif buyurdi.

rue57816f6882

Shunga qaramay, Joze Mourino jamoasida kamchiliklar ham ko‘zga tashlanmoqda. Tarkibning eng kuchli hisoblangan hujum chizig‘ida muammolar borligi sezilib qoldi. “Roma” yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichni qayd etgan.

Bu holat “Roma” qishda yana yangi hujumchilar olishi mumkinligidan dalolat bermoqda. Italiya matbuoti rimliklar “Budyo-Glimt” hujumchisi Ola Solbakken yanvargacha Rimga kelishi haqida xabar tarqatdi.

Aksariyat manbalar klub rahbariyati Eldor Shomurodovni yanvar oyida ijaraga berib yuborishni rejalashtirganini yozmoqda. Italiya chempionatida o‘zbek hujumchisini qo‘lga kiritmoqchi bo‘layotgan jamoalar yo‘q emas, albatta.

Yozgi transferlar oynasi yaqinda yopildi, lekin ayrim jamoalar qishki oldi-berdilarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Roma” mutasaddilari “Budyo-Glimt” forvardi Ola Solbakken bilan kelishib bo‘ldi.

Norvegiyalik futbolchining kelishi Eldor Shomurodovga chiqish eshiklarini ochishi kutilmoqda.

Taniqli jurnalist Antonio Felichi bu borada “Roma” mutasaddilariga boshqa variantni taklif qilmoqda.

Solbakken kelganidan keyin Rimda qoladi, uni boshqa klublarga ijaraga berishmaydi. Men norvegiyalik futbolchini Nikolo Dzanologa o‘rinbosar sifatida ko‘ryapman.

Rostini aytsam, mening ixtiyorimda bo‘lganida Eldor Shomurodovni olib qolgan bo‘lardim. Joze Mourino undan qanday maqsadda foydalanayotganidan qat’i nazar, o‘zbek legioneri birinchi navbatda markaziy hujumchi hisoblanadi, - dedi Antonio Felichi.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino mavsumoldi yig‘indan keyin yangi mavsumda Eldor Shomurodovga ishonch bildirmasligini ma’lum qilganidan keyin hamyurtimizga Italiya, Germaniya, Angliya, Frantsiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni klublaridan chorlovlar bo‘ldi.

Hujumchimiz Italiyada qolish istagini bildirib, tashqaridan kelgan takliflarni qabul qilmadi. Rimliklar bilan Shomurodov transferi bo‘yicha muzokaraga kirishgan A Seriya vakillari badal puli miqdori bo‘yicha bir to‘xtamga kela olmadi. Natijada Shomurodov mavsumni “bo‘rilar” safida boshladi.

roma-atalanta-0-1-decide-un-gran-gol-di-scalvini-nerazzurri-in-vetta-con-il-na_5474acc8-377d-11ed-974d-1e8c8a92a590_700_455

Transferlarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world  portalidagi statistikalarga ko‘ra, Eldor A Seriyada ikkita bahsni qo‘shib hisoblaganda 24 daqiqa, Evropa Ligasida bir o‘yinda 23 daqiqa harakat qilib, o‘ziga taqdim qilingan 47 daqiqa ichida bitta gol urishga va bir necha xavfli vaziyatlar yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

“Roma” Evropa Ligasida gol urgan Shomurodov bo‘yicha kutilmagan qarorga keldi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!