Jahon chempionati oldidan yana bir murabbiy iste’foga chiqdi
Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regragi oʻz lavozimidan ozod etildi.
2022 yildagi Jahon chempionatida oʻz shogirdlari bilan furor koʻtargan Marokash terma jamoasi ustozi Valid Regragi oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Ayni vaqt hamkorlikni muddatidan oldin tugatish boʻyicha kelishuv amalga oshgan. Manbaga koʻra, 50 yoshli mutaxassis faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. Uning xizmatlariga Saudiyaning bir nechta klubidan qiziqishlar paydo boʻlgan. Marokash terma jamoasi joriy yilda AQSh, Meksika va Kanada mezbonligida boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritib ulgurgan.
Maʼlumot uchun, Marokash JChning guruh bosqichida Braziliya, Gayti hamda Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar