Jahon chempionatiga 16 ta yo‘llanma qoldi. (Mundialga chiqqan barcha jamoalar ro‘yxati)
2026 yilning yozida futbol bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon chempionatiga birdaniga uch mamlakat – AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Ayni paytda ayrim mintaqalarda yo‘llanmalar uchun kurash qizg‘in pallaga kirgan.
Evropa mintaqasi saralash turnirining navbatdagi uchrashuvlaridan keyin jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan yangi terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Bular Norvegiya va Portugaliyadir.
Erling Xoland etakchiligidagi Norvegiya safar uchrashuvida Italiyani 4:1 hisobida er tishlatti va “I” guruhida birinchi o‘rinni naqd qildi.
Krishtianu Ronaldusiz o‘ynagan Portugaliya o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Armaniston futbolchilarini 9:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalarning hozirgi ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
AQSh, Kanada, Meksika, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, Argentina, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Iordaniya, Avstraliya, Braziliya, Ekvador, Urugvay, Kolumbiya, Paragvay, Marokash, Tunis, Misr, Jazoir, Gana, Kabo-Verde, JAR, Qatar, Saudiya Arabistoni, Angliya, Senegal, Kot-d'Ivuar, Frantsiya, Xorvatiya, Norvegiya va Portugaliya.
Mundialning 48 ta o‘rnidan 32 tasi to‘ldi. Terma jamoalar yana 16 ta yo‘llanma uchun kurashni davom ettiradi.



Fikrlar