Jahon chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi bu nomga noloyiqmi?

  • 20.12.2022 21:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati yakunlariga ko‘ra, nufuzli WhoScored statistik portali mutaxassislari turnirning eng yaxshi yosh futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi. Gap 23 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilar haqida ketmoqda.

Ramziy jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Kosta (Portugaliya) - Devis (Kanada), Konate (Frantsiya), Timber (Niderlandiya), Dalot (Portugaliya) - Bellingem (Angliya), Musiala (Germaniya), Kudus (Gana) - Saka (Angliya), Vinisius Junior (Braziliya) , Gakpo (Niderlandiya).

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Entso Fernandes ramziy terma jamoaga kiritilmagani qiziq. Boisi, u final bahsidan so‘ng turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!