Jahon chempioni uchun APLning ikki klubi kurash boshladi

  • 16.05.2020 18:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Borussiya" Dortmund klubi yarim himoyachisi Mario Gyottse faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tribal Football nashrining xabar berishicha, 27 yoshli jahon chempioniga "Everton" va "Vest Xem"dan qiziqishlar bor. Gyottsening dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi yana bir oydan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi. Shu sababli u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin.

Mario joriy mavsum “Borussiya” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!