
Jahongir Jumaev rossiyalik engilmas jangchiga qarshi oktagonga ko‘tariladi
17 oktyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida o‘ziga xos jang kechasi tashkil etiladi. Ya’ni, "UAE Warriors 45" turniri tashkil etiladi. Biz uchun ahamityali jihati, ushbu jang oqshomida hamyurtimiz Jahongir Jumaev oktagonga ko‘tariladi.
U rossiyalik Amru Magomedovga qarshi bahs yuritadi. Magomedov aslida braziliyalik Aleks da Silva Koeloga qarshi bahs yuritishi kerak edi. Biroq, ba’zi sabablarga ko‘ra, da Silva ushbu jangda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi va uning o‘rnini hamyurtimiz to‘ldirdi. Ushbu jang engil vazn (70,3 kg) toifasida chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Jahongir Jumaev professional faoliyati mobaynida 11 ta jang o‘tkazgan va 9 ta g‘alaba qayd etgan. 2 bor mag‘lubiyatga uchragan. Magomedovning rekordi esa 5-0 ko‘rinish olgan.
Fikrlar