Jahonning birinchi raketkasini turnirdan chiqarib yuborishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha WTA turkumiga kiruvchi Buyuk Britaniyaning Istburn shahrida davom  etayotgan sovrin jamg‘armasi 753 900 AQSh dollari bo‘lgan turnirda yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi.

Markaziy o‘yin sifatida qaralgan Anjelika Kerber(Germaniya) xamda Yoxanna Konta(Buyuk Britaniya) o‘rtasidagi bahsda jahonning birinchi raketkasi ikki set yakuniga ko‘ra, mag‘lub bo‘ldi. 1 soat 26 daqiqa davom etgan o‘yinda britaniyalik tennischi 6:3, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.

Daniyalik Karolin Voznyatski xamda ruminiyalik Simona Xalep o‘rtasidagi o‘yinda esa daniyalik tennishchi irodali g‘alabaga erishdi – 5:7, 6:4, 6:1.

Quyida chorak finalda qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishtiramiz.


Karolina Plishkova (Chexiya) – Svetlana Kuznetsova (Rossiya)  6:7 6:2 6:4

Karolin Voznyatski (Daniya) – Simona Xalep (Ruminiya) 5:7 6:4 6:1

Xizer Uotson (Buyuk Britaniya) – Barbora Strytsova (Chexiya)  6:1 1:6 6:4

Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya) – Anjelik Kerber (Germaniya) 6:3 6:4.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!