"Jaloliddin bugun shunday gol urginki, arablarning butun umri davomida eslarida qolsin!" - Saudiyaga qarshi o‘yin oldidan muxlislar fikri

  • 15 iyun, 2021, 18:00
  • Bekzod Isayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixidagi juda muhim o‘yinlardan birini o‘tkazadi. Hamyurtlarimiz ikkinchi saralashning o‘zidayoq qiyin ahvolda qolishdi. Sababi, vakillarimiz ayni paytda keyingi bosqichga chiqishi uchun Saudiya Arabistonini yutishi kerak. Bir qarashda uddalasa bo‘ladi. Lekin Toshkentdagi mag‘lubiyat kishini o‘ylantirib qo‘yadi.

Tecno

Asosiysi terma jamoamizga ishonish va qo‘llab-quvvatlash. Muxlislarning katta qismi jamoamizdan g‘alaba kutmoqda va bu borada o‘z fikrlarini bildirmoqda.

Saytimizda chop etilgan xabarlarga kuzatuvchilar yozayotgan fikrlarni taqdim etamiz.

Ashurov Baxtiyor: Jaloliddin bugun shunday gol urginki, arablarning butun umri davomida eslarida qolsin!!!

Tursun G‘ani: Masharipovdan yana davomli gollarni kutib qolamiz. G‘alaba gollarini kiritishiga tilakdoshimiz.

Bars-77: Jalolda hamma narsa - tezlik, dribling, tez fikrlash va jangovor xarakter bor. Arablar unga nisbatan agressiv o‘yin qiladi. Alloh uni va qolgan yigitlarni travmalardan asrasin.

Baxil Alihuja: Faqat bitta kamchiligi bor! Sovuqqon emas! Arzimagan narsaga janjal qilib, qo‘pol o‘ynaydi. Qizil olsa, jamoani qiyin ahvolda tashab ketadi.

azam nazarov: Amir Temur yurtidanman: Komanda 3-bosqichga chiqqandan so‘ng, murabbiylik faoliyatini olib boraman.

Bars-77: MTJda O‘zbekistonning eng kuchli o‘yinchilari yig‘ilgan... Albatta, keyingi turga o‘tamiz InshaAlloh

Abdushukurov: Xudo xohlasa, yutvoramiz.

Tursun G‘ani: Vadim Abramov g‘alaba qozonib bering va o‘sha Toshkentda o‘tgan o‘yinni mayli bir umr eslamang. Biz ham unutaylik o‘sha dahshatni.

Bugun Saudiyani mag‘lubiyatsiz seriyasi barham topadi, inshalloh. O‘zbekistonni g‘alabali seriyasi davom etajak. Vaqt oz qoldi do‘stlar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
15/06/2021 18:16
Saudiyaliklarga Abramov taktika tayyorlab turibdi mana ko‘rasizlar bugub g‘alaba bizniki bo‘ladi meni aytdi deysizlar men bunga 100 emas 200 foiz ishonayabman
&
Jamshid Rasulovich
15/06/2021 18:01
Элдор ўзингни кўрсатадиган вақт келди. Олға Ўзбекистон...
&
Турсун Ғани
15/06/2021 17:59
АДМИНЛАРГА ҲАМ РАҲМАТ МУҲЛИСЛАР ФИКРИ ҲАМ ЭЪТИБОРСИЗ ҚОЛМАЁТГАНИ УЧУН. БУГУН ҲАММА ЎЗБЕКИСТОНГА ОМАД ТИЛАЙДИ.
&
Турсун Ғани
15/06/2021 17:56
МЕНИ МУХЛИСЛАРДА МТЖ ГА БЎЛГАН ИШОНЧ ОРТГАНИ ВА НЕГАТИВ ФИКИРЛАР ЙЎҚ БЎЛИБ КАМАЙГАНИ ҲУРСАНД ҚИЛМОҚДА. ҒАЛАБАГА ИШОНЧ ОРТМОҚДА.
&
Ашуров Бахтийор
15/06/2021 17:37
Чунки бугун ишонч юқори!
&
Rescara
15/06/2021 21:16
Негадир шу бугун иншааллох ютамиз деган туйгу бор. Аллох насиб этса галаба билан кайтишади
&
Usmonov Jaloliddin
15/06/2021 18:41
IN SHA ALLOH
&
Usmonov Jaloliddin
15/06/2021 18:33
Ya rabbim bugun o‘zbekistonimiz nomidan sportchilarimiz futbol o‘ynashadi muxlislar orasida futbolga qiziqadigon musulmon senga yaqin bandalaring bor shularni xurmatidan futbolchilarimizni yuzini yorug‘ qil omin