Jaloliddin Masharipov yangi jamoasi bilan Evropaga yo‘l oldi

  • 8 iyul, 2021, 14:45
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun avval Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgani va u erda hamyurtimiz yangi jamoasi - "An-Nassr" safiga borib qo‘shilgani borasida xabar bergandik.

Tecno

Saudiya Arabistoni jamoasi yig‘inga kirishishdan oldin futbolchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Tarkibdagi ayrim futbolchilar bilan xayrlashdi, ba’zilarini legionerlar limiti sabab ijaraga berdi.

Oxirgi yarim mavsumni BAAning "Shabab Al-Ahli" klubida ijara asosida to‘p tepgan Masharipov ham "An-Nassr" bilan birga ko‘rikdan o‘tdi va jamoaning Bolgariyada tashkil etiladigan yig‘iniga yo‘l oldi.

Saudiyaliklar Bolgariyada mavsumga tayyorgarlik ko‘rishadi. Jamoa kecha ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Masharipov "Shabab Al-Ahli" safida 12 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va 5 golga hammualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!