
Jaloliddinovdan keyin Husain Norchaev ham OFK e’tirofida! (video)
19 iyun kuni 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi finali o‘tkaziladi.
OFK rasmiy sahifasi mazkur hal qiluvchi bahsda ishtirok etadigan yosh yulduzlarni keltirib o‘tdi. Quvonarlisi, Husain Norchaev kelajak yulduz sifatida e’tirof etilgan.
Raqib safida esa, Firas Al-Buraykan keltirib o‘tilgan. Har ikki futbolchi yarim final uchrashuvida raqib darvozasini ishg‘ol etgan.
Avvalroq, OFK Jasur Jaloliddinovni ham kelajak yulduzi deya ta’kidlab o‘tgandi.
Fikrlar