Jamoa bormi? Xabi Alonso ishga qaytishga tayyor
Ispaniyaning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso yozda yana ishga qaytishni rejalashtirmoqda va uning Premyer-ligada ikkita ehtimoliy varianti bor.
Alonso “Real”da yarim mavsum ishlagandan keyin yanvar oyidan ishdan bo‘shatilgan va shundan beri bekor yuribdi.
Xabi Alonsoga yaqin manbalarning tasdiqlashicha, murabbiy majburiy tanaffusini yakunlab, yangi ishga kirishishga tayyorlanmoqda.
44 yoshli ispaniyalik mutaxassis mavsum yakunida katta bosim ostida bo‘lgan “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
O‘tgan hafta oxirida “Liverpul” Angliya kubogidan shov-shuvli tarzda chiqib ketdi, jamoa “Manchester Siti”ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va hozir Slot ishdan bo‘shatilishdan qutulishi uchun Premyer-ligada “top-5”ga kirishi kerakdek ko‘rinmoqda.
Shuningdek, Alonso “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘rniga ham nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Gvardiola klubni tark etish haqida o‘ylamoqda, ammo yakuniy qarorni faqat Premyer-liga mavsumi tugagach qabul qiladi.
Fikrlar