Jamoada qolish uchun “Real”ni engishing kerak!
PSJ xo‘jayinlari bosh murabbiy Maurisio Pochettinoga murakkab vazifa qo‘ydi. Argentinalik mutaxassis Parij klubidagi ishini davom ettirishi uchun Chempionlar ligasidagi yurishini davom ettirishi kerak.
Qur’a natijasiga ko‘ra, parijliklar qit’aning eng nufuzli turniri chorak finalida “Real”ga to‘qnash keldi.
Maurisio oldiga madridliklar to‘sig‘idan o‘tish vazifasi qo‘yildi. Bosh murabbiyning o‘zi yozda Angliya chempionatiga qaytmoqchi.
PSJ jamoani Zinedin Zidan boshqarishini istayapti. Pochettino esa “Manchester Yunayted”ni boshqarishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar