
Jamshid Iskanderov golni nega bunday nishonladi? (foto+izoh)
Kecha Superliganing 13-turida AGMK mehmoni bo‘lgan “Navbahor” 2:1 hisobida raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Shu kuni namanganliklar safida chiroyli gol muallifi bo‘lgan Jamshid Iskanderov o‘z golini chiroyli usulda nishonladi. Biroq, ko‘pchilik Jamshidning bu harakatlarini tushunmagan bo‘lishi mumkin.
Jurnalist Orif Tolipov o‘zining telegram sahifasida Iskanderov qo‘l harakatlari orqali nimani ifodalagani haqida yozdi:
“Kecha Iskanderov chiroyli gol urdi va chiroyli nishonladi.
Aytishlaricha, Jamshidning qo‘l harakatlari koreyscha sevgi izhorini bildirar ekan.
Ochig‘i, kecha sharhda buni tushunmadim. Atayin nishonlash haqida hech narsa demasdan o‘tib ketdim. Lekin ichimda savol qolib ketgandi. Mana bilib ham oldik”.
Fikrlar