Janni Infantino: "Jahon chempionatini 5 milliard odam tomosha qilishi kutilmoqda"

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatini allaqachon 2 milliard odam tomosha qildi. Bu haqda FIFA prezidenti Janni Infantino ma’lum qildi. 

"2022 yilgi mundial televidinieda rekord darajada tomosha qilinmoqda. Ayni paytda 2 milliarddan ziyod inson o‘yinlarni kuzatib bordi. 

Jahon chempionati boshlangani kabi ajoyib tarzda yakun topadi. Umid qilamanki, biz butun dunyo bo‘ylab 5 milliard tomoshabinni qamrab olamiz", - dedi Janni. 

Eslatib o‘tamiz, ertadan chorak final o‘yinlariga start beriladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!