Janob, Husanovdan zo‘r futbolchi tayyorlab bering!

  • 19 yanvar, 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasidagi ilk o‘zbek futbolchisiga aylanish imkoniga ega bo‘lib turibdi.

Tecno

20 yoshli legionerimiz qisqa fursatda Evropaning ko‘plab etakchi klublari e’tiborini qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Himoyachi sifatidagi mahorati, shiddatli o‘yin uslubi, o‘yinni o‘qiy olish qobiliyati boshqa ampluadoshlari oldida uni yaqqol ejratib turibdi.

“Energetik-BGU”da Abduqodir Husanov bilan birga  ishlagan murabbiy Pavel Rodnyonok iste’dodli futbolchining O‘zbekistondan Belarusga kelgan davrlarini va hamyurtimizning ham futbolchi, ham inson sifatidagi xususiyatlarini aytib berdi.

- Abduqodir Husanovni O‘zbekistondan aynan Anatoliy Yurevichga olib kelishgan eli. O‘shanda bu mutaxassis yosh o‘yinchini rivojlanishi uchun individual dastur tuzib bergan va bu rejani to‘liq amalga oshirish bir yarim yil davom etdi.

Yurevich —belaruslik mohir murabbiy. O‘sha paytda u “Energetik-BGU”da ilmiy-metodik ish bo‘icha murabbiy vazifasida ishlardi. Umuman olganda, Yurevich klubning ma’naviy va g‘oyaviy ilhomchisi bo‘lgan.

Husanovni Yurevichga agenti topshirgan va unga “Zo‘r futbolchi qilib tayyorlab bering”, degan. Chunki bu mutaxassis o‘yinchi tarbiyalashni yaxshi biladi. Sobiq ittifoq hududida u yosh futbolchilarni rivojlantirish bo‘yicha eng zo‘r murabbiy.

Abduqodir Husanovning yuqori darajada mehnatkashligi darrov ko‘zga tashlangan. Qolaversa, u umuman qo‘rquv nimaligini bilmaydigan o‘yinchi.

Husanov kurashadigan paytni poylab yuradi va mana shu xususiyati bilan biz ishlagan boshqa himoyachilar orasida yaqqol ko‘zga tashlangan edi.

Abduqodir “Energetik-BGU”da tayanch yarim himoyachi pozitsiyada ham ishonchli o‘ynagan, standart vaziyatlarda hujumga qo‘shilardi, jarima zarbalarini amalga oshirardi, chunki o‘ta kuchli va aniq zarba bera oladi.

Bu futbolchi o‘zida ajoyib tug‘ma iste’dod, mehnat sevarlik va oilaviy tarbiya, qadriyatlarni mujassam etgan. Hozir bunaqa o‘yinchilar juda kam, - dedi Pavel Rodnyonok.

Abduqodir Husanov 2022-2023 yillar davomida “Energetik-BGU”da jami 37 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatgan.

“Energetik-BGU” 2023 yilning yozida o‘z tarixida ilk bor kuchli beshlik chempionatlaridagi klubga o‘yinchi transfer qildi. Frantsiyaning o‘sha paytdagi vitse-chempioni “Lans” Husanov uchun belarusliklarga 100 ming evro o‘tkazib berdi.

Abduqodirning “Lans” uchun o‘ynagan 31 ta uchrashuvi uning grand klublar nazariga tushishiga kifoya qildi. “Manchester Siti” o‘zbek futbolchisini qo‘lga kiritish uchun 50 million evro xarajat qilgani aytilmoqda.

Husanovni tarbiyalagan murabbiy: Abduqodir “Siti”ga borishi bilan raqobatchilarini “g‘ajib tashlaydi”!

“Top-5” ligalarida o‘ynay oladigan o‘zbek futbolchilari ro‘yxati e’lon qilindi!

Shomurodovning sobiq jamoasiga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Fayzullaev otlan, Evropaga ketadigan payt keldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!