
Janob Tuxel, javob bering men ketay!
“Chelsi” asosiy tarkibiga kira olmayotgan Ross Barkli faoliyatini boshqa klubda davom ettirishni istamoqda. Ko‘pincha, maydondan tashqarida turli mojarolarga aralashib yuboridan yarim himoyachi murabbiylar ishonchini qozona olmagan va o‘zi istaganchalik o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Galatasaroy” Barklini mavsum oxiriga qadar ijaraga olmoqchi. Turklar keyinchalik uni 15 million evroga to‘liq transfer qilish huquqini ham so‘ragan.
“Aristokratlar” turklarning taklifni rad etgani yo‘q. Chunki ular futbolchining o‘zi ketishga roziligini inobatga olyapti. Hozir klub mutasaddilari bu taklifni o‘rganib chiqmoqda.
Shunga qaramay, bosh murabbiy Tomas Tuxel jarohatlar va koronavirus pandemiyasi sababli tarkibdagi muammolar ko‘payayotgani bois, qishda hech kimni qo‘yib yubormoqchi emas. Klub xo‘jayinlari Barklini ijaraga jo‘natishdan oldin germaniyalik murabbiyni ko‘ndirishi kerak bo‘ladi.
Fikrlar