Janubiy amerikaliklar Parijda suvni loyqalatyapti(mi)?!

  • 28 sentabr, 2021, 00:15
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu voqea sodir bo‘lishdan parijliklar qo‘rqqan edi. Shunday bo‘lib chiqdi ham. Ortda qolgan Evropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi - Janluiji Donnarumma yangi klubida bosh ko‘tardi. U asosiy tarkibdan o‘rin egallay olmayotganidan xafa. Xo‘sh, uni kim va nima uchun chetga surib tashladi?

Tecno

Aslida, nima bo‘lgan edi?

Italiyaning taniqli nashri - "Corrierra dello Sera" bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, kiper klubdagi mavqeidan norozi. Vaholanki, u "Milan"da Parijga ko‘chib o‘tish oldidan Keylor Navas bilan kurashga kirishishi lozimligini bilgan. Katta ehtimol, o‘z statusi sababli Navasni chekinishini kutgan ko‘rinadi. Uning huquqlarini himoya qiluvchi Mino Rayola ham vaziyatga aralashishga tayyor. Bir necha oy avval, o‘z mijozi yangi jamoasida birinchi raqamli posbon bo‘lishi aniqligi haqida intervyu bergan agent, hozir PSJ bilan janjallashib qolish arafasida.

Gap shundaki, Parij klubi juda noqulay ahvolda qolmoqda. Klubdagi janubiy amerikaliklar birgalikda Keylor Navas asosiy darvozabon bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Messi boshchiligidagi banda tarkibida Neymar, Di Mariya, Ikardi singari yigitlar bor ekanligini inobatga olsak, ikkinchi tomonning imkoniyatlari pastligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Vaziyatni bartaraf etishi shart bo‘lgan murabbiy hech qanday qaror qabul qilgani yo‘q. Aslida, u Leonardo bilan suhbat chog‘ida Donnarumma transferi klub ziyoniga ishlashi mumkinligidan ogohlantirgan! PSJ sport direktori esa, shov-shuv ketidan quvishni afzal ko‘rdi. Yakunda, jamoa ichki muhiti rasvo ahvolda!

34kgok34ogk34g

Donnarummaning ishlari shu qadar yomonmi?

Jiji Italiya bilan Evropa chempionligini qo‘lga kiritganidan 3 kun o‘tib, PSJ bilan shartnoma imzoladi. U butun musobaqa davomida Italiyani elkasida olib yurdi. Muhim vaziyatlarda qo‘lladi, penaltilar seriyasida qutqardi. Bugungi kunda, Janluijini sayyoramizning eng kuchli darvozaboni, deb e’tirof etganlar ro‘yxatiga e’tibor qiling: Zlatan Ibrohimovich, Fabio Kappela, Fabio Kannavaro... Ro‘yxatni uzoq davom ettirishi mumkin, ammo bundan naf yo‘q. Sababi, Keylor Navasni kuchliroq, deb hisoblaydiganlarning voqeaga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati yuqoriroq.

Turli sabablarga ko‘ra, avgust oyi uchun PSJ taqdim etgan futbolchilar ro‘yxatidan tushib qolgan posbon o‘z debyutini ikki oy kutishga majbur bo‘ldi. Faqat 11 sentyabrga kelibgina, u "Klermon" bilan bahsda ishtirok etdi. 90 daqiqa harakat qilgan italiyalik ikkita seyvni ijro etdi, jamoasi 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Keyingi turda, ancha og‘ir o‘yin o‘tkazganiga qaramay, qahramonimiz jamoasi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. "Lion" bilan o‘yinda 4 seyv va bitta o‘tkazib yuborilgan gol. O‘sha oqshom, parijliklar 2:1 natijasida raqibidan ustun keldi.

Agar adolat yuzasidan e’tibor qilsak, Donnaruma maydonga tushishi mumkin bo‘lgan 6 o‘yinning (5 + Liga 1, 1+ EChL) atigi 2 tasidagina unga ishonch bildirildi. Qolgan 4 o‘yinni Jiji zaxira o‘rindig‘ida tomosha qildi.

weiwjfijfijfw

Pochettino bu janjalni bartaraf eta oladimi?

O‘z ambitsiyalari bilan hammaning hurmatini qozongan Donnarummaning klubdagi ilk intervyusiga nazar tashlang:

"Raqobatdan qo‘rqmayman! Navas - ajoyib darvozabon, biroq men bu erga jamoamga maydonda yordam bergani tashrif buyurdim. Raqobat ikkimiz uchun ham yaxshi atmosferani taqdim etadi. Katta klublarda bu normal holat. Keylor bilan do‘stmiz. Uni hurmat qilaman. Shunga qaramay, maqsadim aniq. Dunyoning eng kuchli darvozaboni bo‘lish. Bu qurbonlik talab etadi. Kamtarlikni yo‘qotmay, ishlashda davom etaman."

Oradan bir hafta o‘tgach, Mauriso Pochettino shu masalada fikr bildirdi. U qanchalar ehtiyot bo‘lishga urinmasin, baribir vaziyat qaltislashib ketishidan qo‘rqayotganini sezdirib qo‘ydi:

"Futbolchilar biz qabul qilgan qarorni muhokama qilmasligi lozim. Jamoa o‘sishi uchun har bir pozitsiyada raqobat bo‘lishi shart. Ular qaerda va qanday jamoada to‘p surayotganini yaxshi biladi. Aslida, muammolar jamoada kuchli ijrochilar yo‘qligida sodir bo‘ladi. Qolgan barchasini tartib-intizomga suyangan xolda hal etish mumkin."

Ular o‘rtasidagi bahs, sog‘lom raqobatga aylanishi kerak. Murabbiylar shtabi birga to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishga harakat qilamiz. Kim yaxshiroq formada bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi. Hali, birinchi raqamli posbon nomini e’lon qilishga erta!"

dokwokdwokdw

Xo‘sh, vaziyatga muxlislarning reaktsiyasi qanday?

Achinarlisi shundaki, Donnarumma ijtimoiy tarmoqlarda negativ fikrlarni qabul qilib olishdan charchamayapti. U PSJ klubida nohaqlikka uchragandek ko‘ringan bo‘lsada, hatto italiyalik tiffozilar ham turli platformalarda u haqidagi salbiy izohlarni qoldirishda davom etmoqda. O‘sha "COMMENT"lardan bir shingilini ko‘rib chiqamiz:

"Shoshib qabul qilingan qarorlar hayotimizni qanday o‘zgartirib yuborishini Donnarumma fonida ko‘rib oldik. Buyuk "Milan" seni katta qildi, sardorlik bog‘ichini ishonib topshirdi, 15 yoshingdayoq seni qo‘llab-quvvatladi, ammo yakunda nima bo‘ldi?"

"Balki, tan olingan birinchi raqamli posboni bor jamoaga kelib xato qilgandirsan? Afsus, pullar klublarni, futbolchilarni va hatto futbolni rasvo qilmoqda!"

Hozir, Jiji ancha murakkab ruhiy ahvolda qolgan. U birinchi raqamli darvozabon ekanligini isbotlashga tayyor, ammo unga buning uchun imkon beriladimi? Agar, Leo va Neymar birgalikda Navasni qo‘llab-quvvatlashda davom etsa, italiyalikka Parijda "non" yo‘q. Uning keyingi faoliyati kattagina so‘roq ostida qolishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мехриддин Абдурахмонов
28/09/2021 01:26
ПСЖга кийин булади. Юлдузларни бошкариш осон , агарда улар Жанубий Америкадан булса. Жижи сабр килади. Мавсум тугача кетади.