
Jasur Abduraimov: Hamma jamoalar hujumkor o‘yin ko‘rsatishlari kerak
Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Mash’al" – "Metallurg" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumaning ilk qismida mehmonlar ustozi Jasur Abduraimov ishtirok etdi.
"Bugungi o‘yinda futbolchilar o‘zlarini yaxshi ko‘rsatishdi va bu menga yoqdi. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik. O‘ylashimcha, uchrashuvning eng yaxshisi darvozabon bo‘ldi. Menda o‘yinchilarga nisbatan e’tiroz yo‘q. O‘zingiz ko‘rdingiz, birinchi golni standartdan o‘tkazib yuborgan bo‘lsak, ikkinchi gol futbolchining mahorati evaziga urildi. Hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Xudo xohlasa, hujumkor o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz.
Nurmatov? Unda jarohat bor, 4-5 kunda safga qaytadi. Vaziyatlar ko‘p bo‘ldi... Menimcha, mahorat, balki omad etishmagandir. Futbolda omad ham kerak. Birinchi galda o‘yinni o‘zgartirishimiz kerak. Vaqt bor, biz 2,3 zonada o‘ynashni o‘rganishimiz lozim. To‘pni nazorat qilish va hujum qilish borasida ishlash talab etiladi. Meni hujumkor futbol ko‘rsatish uchun jamoaga taklif qilishdi. Rahbariyat meni chaqirib, hujumkor o‘yin ko‘rsatishimiz kerakligini aytdi.
Legioner? Agar Cheran kabi bo‘lsa, 5-10 tasini olib kelish kerak. O‘zbek futbolchisi bo‘lsa, Masharipovdek bo‘lsin. Bundan tashqari, top-murabbiylar ham kerak, xuddi Shota kabi. O‘rtamiyona legionerlar O‘zbekistonga kerak emas. O‘zbek futbolini ko‘tarish kerak. Meni o‘ylashimcha, hamma jamoalar hujumkor o‘yin ko‘rsatishlari kerak.
Fikrlar