Jasur Alijonov: "MANGU ligasida masxarabozlarga o‘rin yo‘q, bu faqat haqiqiy jangchilar uchun!"
Bugun "JW Marriot" mehmonxonasida MMA bo‘yicha Jasur Alijonov tomonidan tashkil etilgan "MANGU" ligasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Alijonov, sportchilar va bir qator rasmiylar ishtirok etib, jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savolllarga javob berdi.
Jurnalistlar: "MANGU" nomi qanday kelib chiqdi?
Jasur Alijonov: "MANGU" ligasi bobomiz Jaloliddin Manguberdi nomidan olindi. Bunda nafaqat milliyligimiz, balki promoushen abadiy davom etsin, degan niyatimiz ham aks etgan.
Jurnalistlar: Mazkur ligada qanday jangchilar ishtirok etadi? Havaskorlarmi yoki professionallar?
Jasur Alijonov: Liganing maqsadi - havaskor sportda natija qayd etgan jangchilarni o‘zini yana-da namoyish etishi uchun imkoniyat yaratish. Bu erda media-jangchilarga o‘rin yo‘q. Bu masxarabozlar ligasi emas, "MANGU" - faqat haqiqiy sportchilar uchun!
Jurnalistlar: Ligadagi janglar formati qanday bo‘ladi va nechta turnirdan so‘ng chempionlik kamari e’lon qilinadi?
Jasur Alijonov: Barchasi xuddi UFC niki bilan bir hil. Barcha vazn toifasida bahslar o‘tkaziladi. 4-5-turnirlardan so‘ng chempionlik kamari uchun janglar e’lon qilamiz.
Jurnalistlar: ATF Brave CF bilan hamkorlikda, BPL MMA Series bilan birgalikda musobaqa tashkil qilmoqchi. Bu liga qaysi promoushen bilan hamkorlik qilishni rejalashtirishgan?
Jasur Alijonov: Biz faqat UFC bilan hamkorlik qilamiz!
Fikrlar