
Jasur Yaxshiboev EChL uchrashuvlarida maydonga tushadimi?
Bir necha kun oldin Evropa yashil maydonlarida to‘p tepib kelayotgan legionerimiz Jasur Yaxshiboev "Sherif" jamoasi safiga borib qo‘shilganligi haqida xabar bergan edik.
Moldova klubi hamyurtimizni Evropa chempionlar ligasi uchrashuvlari uchun qaydnomasiga kiritdi va UEFA saytida ro‘yxatdan o‘tkazdi. Endilikda Yaxshiboev evrokuboklarda "Sherif" sharafini himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, klub "D" guruhida "Real", "Inter" va Kievning "Dinamo" jamoalari bilan keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.
Fikrlar