
Jasur Yaxshiboev nega "Navbahor"ni erta tark etdi? U "Lokomotiv"ga o‘tyaptimi?
Jasur Yaxshiboev "Navbahor"ni tark etganidan xabaringiz bor. SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi "Metallurg" va "Al-Hilol"ga qarshi o‘yinlarda ikkita golli vaziyatni ko‘kka sovurgani uchun jamoa ichida "heyt"ga uchragan.
Superligaga qaytgan "Lokomotiv" Jasurni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Pro-liga chempionlari unga ko‘proq o‘yin amaliyoti berishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, "Lokomotiv" Yaxshiboevning so‘nggi 4 yil ichida o‘ynagan 7-jamoasi ("OKMK", "Energetik-BGU", "Shaxtyor Soligorsk", "Legiya", "Sherif", "Navbahor") bo‘lishi mumkin.
Fikrlar