Javlon Guseynov kelasi mavsumni ham Indoneziya chempionatida o‘tkazmoqchi

  • 17 noyabr, 2019, 22:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, bir qator futbolchilarimiz xorij chempionatlarida to‘p surib kelmoqdalar. Ulardan biri esa Indoneziya chempionatida to‘p surayotgan hamyurtimiz Javlon Guseynovdir. Xabaringiz bo‘lsa, u joriy yilgi mavsum boshida Indoneziyaning «Pusamaniya Borneo» jamoasi tarkibiga qo‘shilgandi.

Tecno

Shuni aytish kerakki, hamyurtimiz shu kungacha 27 ta o‘yinning 25 tasida ishtirok etdi. 2 ta uchrashuvni esa sariq kartochkalari to‘rttaga etgani sababli o‘tkazib yuborgan. Ayni paytda Guseynovning jamoasi Indoneziya chempionatida 17 ta jamoa orasida 42 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. Oldinda esa yana 7 ta tur uchrashuvlari turibdi. Indoneziya chempionati esa 22 dekabr kuni yakuniga etadi.

E’tiborlisi, Javlon Guseynov «Pusamaniya Borneo» tarkibida jamoa sardori sifatida to‘p surmoqda. Qolaversa, hamyurtimizning klubi bilan tuzgan shartnomasi shu yilning oxirida yakunlanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, Guseynov mavsum tugaganidan keyin jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu borada unga qiziqish bildirayotgan klublar ham bor. Shu sababli hamyurtimiz kelasi mavsumni ham yana Indoneziya chempionatida o‘tkazishining ehtimoli katta. Mavsum tugaganidan so‘ng keyingi taqdiriga oydinlik kiritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!