Javohir Sindarovning bo‘lajak raqibi shaxmatchimiz haqida nimalar dedi?
Xabaringiz bor, biroz avval hamyurtimiz Javohir Sindarov Jahon chempionati finalida xitoylik Vey Iga qarshi dona surishi ma’lum bo‘ldi.
Yarim finaldagi g‘alabadan so‘ng Xitoy vakili jurnalistlar tomonidan berilgan savolllarga javob berib o‘tdi.
Jurnalist: "Yarim finaldagi bahsdan so‘ng biroz charchagandek ko‘rinyapsiz. Aytingchai, finalga qanday tayyorgarlik ko‘rishni rejalashtiryapsiz? Axir, hal qiluvchi o‘yin oldida turibsiz?"
Vey I: "Yarim finalda omad men tomonda bo‘ldi va bundan juda ham xursandman. Mening ushbu musobaqadagi asosiy maqsadim Nomzodlar turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritish edi. Buni uddaladim. Ertangi finalga kelsak, ha, Sindarovga qarshi qiyin o‘yin kutib turibdi. U juda iste’dodli, kuchli va bu turnir uchun ajoyib formada. Javohir nafaqat klassik shaxmatda, balki rapid va blitsda ham kuchli, shuning uchun o‘yin oson bo‘lmaydi!"
Fikrlar