J.Boateng: Men uchun Levandovski Obameyyangdan kuchliroq

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Jerom Boateng jamoadoshi Robert Levandovskini “Borussiya D” hujumchisi Per-Emerik Obameyyang bilan solishtirdi.

“Levandovski bilan bir jamoada o‘ynaymiz, Obameyyangga qarshi esa ikki marotaba o‘ynaganman. Ikkalasi ham ajoyib hujumchilar, biroq, men uchun Levandovski Obameyyangdan ko‘ra serqirra va kuchliroq”, - deydi Boateng Goal internet-nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” va “Borussiya D” jamoalari 19 noyabr kuni Bundesliganing 11-turida o‘zaro kuch sinashishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!