JCh-2022. Argentina - Meksika uchrashuvi o‘ziga xos rekordga sabab bo‘ldi
Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan Argentina - Meksika uchrashuvi (2:0) o‘ziga xos rekord o‘rnatdi. Gap translyatsiyalar haqida ketmoqda.
Bahs AQShda ispan tilidagi televidenielar - "Telemundo" va "Peacock" translyatsiya xizmatlarida jami 8,9 million inson tomonidan tomosha qilindi. Shu tariqa, mazkur bellashuv mundiallar guruh bosqichining eng ko‘p tomoshabinlik uchrashuviga aylandi.
Avvalgi rekord 5,7 millionlik natija bilan 24 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Braziliya - Serbiya to‘qnashuviga (2:0) tegishli edi.
Meksika mamlakatida Argentinaga qarshi bahs televidenie tarixida eng ko‘p kishi tomosha qilgan voqelikka aylandi, 40,5 million. Uchrashuvni "Televisa-TUDN" kanalida 21,1, "Azteca TV" kanalida 19,4 million odam tomosha qildi.

Fikrlar