
JCh-2022. Marokashga qarshi muhim o‘yin oldidan Frantsiyada 2 ta yo‘qotish
Jahon chempionati yarim final bosqichidan o‘rin olgan Marokashga qarshi bellashuv oldidan Frantsiyada tarkib bilan bog‘liq muammo yuzaga keldi.
"L'Equipe" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Dayo Upamekano hamda Adrien Rabo mazkur bahsda maydonga tusha olmasligi mumkin. Har ikki futbolchi konditsioner tufayli shamollab qolgani uchun mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan.
Ular hali to‘liq tiklanib ulgurmagan. Shu bois, bosh murabbiy Dide Desham tavakkal qilmasligi ehtimoli yuqori. E’tiborlisi, Dayo ham, Adrien ham "uch ranglilar"ning asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi.
Frantsiya - Marokash uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Fikrlar