
JCh-2022 o‘tkaziladigan stadionlar qachon to‘liq foydalanishga topshiriladi?
JCh-2022 ijrochi direktori Nosir al-Hatir Qatardagi mundial uchun qurilayotgan stadionlar haqida gapirib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra 2020 yil oxirigacha jahon chempionati uchrashuvlari o‘tkaziladigan barcha stadionlar to‘liq foydalanishga topshiriladi. Al-Hatir joriy 2019 yil so‘nggigacha suratdagi “Al-Beyt” arenasi to‘liq tayyor bo‘lishini ham aytib o‘tdi. Aytish lozimki, ushbu arena JCh-2022 ning yarim final uchrashuvini qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, Qatardagi jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar o‘tkaziladi.
Fikrlar