
JCh-2022 saralash bosqichi. Erondan g‘alaba... bir qator o‘yinlar o‘z yakuniga etdi
JCh-2022 saralash bosqichining bir qator o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqaning A guruhidan o‘rin olgan Guam va Filippin termalarining o‘zaro bellashuvi o‘z nihoyasiga etdi va yakunda mehmonlar 1:4 hisobdia g‘alabaga erishishdi. Guruhning ikkinchi uchrashuvi Maldiv orollari va Xitoy o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
"B" guruhida esa Xitoy Taypeyi o‘z uyida Nepal termasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Quvayt va Avstraliya uchrashuvi esa soat 20:30 da boshlanadi.
"C" guruhida Bahrain mehmonda Kambodjani kichik 0:1 hisobida taslim etdi. Eron termasi Gonkongga safar qilib, 0:2 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.
Xabaringiz bor, "D" guruhida Singapur o‘z uyida Falastinni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Yaman esa o‘z uyida Saudiya Arabistonini qabul qiladi va uchrashuv soat 21:00 da boshlanadi.
"E" guruhi. Ushbu guruhda Afg‘aniston termasi Bangladeshni qabul qilmoqda va hozircha 1:0 hisobida g‘alaba qozonmoqda. Qatar va Hindiston o‘rtasidagi bahs soat 21:30 da boshlanadi.
"F" guruhi. Tojikiston mehmonda Mo‘g‘ilistonni kichik 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Myanma o‘z uyida Yaponiyaga 0:2 hisobida taslim bo‘ldi.
"G" guruhi. Indoneziya Tailandga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va guruhning yana bir uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Unga ko‘ra, Malayziya BAAni qabul qilib, 1:2 hisobida engildi.
"H" guruhi. Ushbu guruhda Shri-Lanka o‘z uyida KHDRni qabul qilmoqda va uchrashuvda hozircha hisob ochilmadi. Qo‘shnilarimiz Turkmaniston termasi esa Janubiy Koreyani qabul qilmoqda va 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchramoqda.
Fikrlar