"JCh-2022" saralashi. Yaponiya avtogol evaziga Avstraliyadan ustun keldi

  • 12.10.2021 17:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundan biroz avval "JCh-2022" Osiyo mintaqasi saralashining 3-raund “B” guruh 4-turidan o‘rin olgan Yaponiya hamda Avstraliya terma jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan uchrashuv 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni Yaponiya terma jamoasiga g‘alaba keltirgan gollarni Ao Tanaka (8') va Aziz Bexich (85' avtogol) kiritdi. Avstraliyaning javob goliga esa Aydin Xrustich (70') mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Yaponiya terma jamoasi 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Avstraliya mag‘lub bo‘lganiga qaramay, guruh peshqadamligini saqlab turibdi.

kesse_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!