JCh-2022. Tomas Myuller: "8:0 hisobida ham yutishimiz mumkin, ammo..."

  • 30 noyabr, 2022, 06:17
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya milliy terma jamoasi etakchisi Tomas Myuller JCh 3-turidagi Kosta-Rikaga qarshi bo‘lajak bahs oldidan fikr bildirdi.

Tecno

"Ettitadan ko‘p gol farqi bilan g‘alaba qozonsak, keyingi bosqichga chiqarkanmiz. Albatta, guruhdagi ikkinchi bellashuvni ham diqqat bilan kuzatib boramiz. Uslubni ham shunga qarab moslashimiz lozim.

Biz ushbu bahsni o‘z darajamizda o‘tkazib, g‘alaba qozonishga tayyorlanyapmiz. 8:0 hisobida ham yutishimiz mumkin, ammo bu Jahon chempionati uchun biroz haqiqatdan yiroq. Menimcha, qozog‘da biz Kosta-Rikaga qarshi o‘yin favoritimiz.

Raqibni hurmat qilamiz, lekin bizga 3 ochko kerak. To‘g‘ri, imkoniyatimiz kamroq. Biroq hali bizda nimalarga qodirligimizni ko‘rsatib, pley-offga chiqishga umidimiz bor",-dedi Myuller.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!