"JCh-2026". Xolandning goli Norvegiyani keyingi bosqichga olib chiqdi
"Jahon chempionati — 2026" 1/16 bosqichidan o‘rin olgan Kot-d’Ivuar va Norvegiya o‘rtasidagi uchrashuv "vikinglar" foydasiga 2:1 hisobida o‘z nihoyasiga yetdi.
Dastlab, Antonio Nusa 39-daqiqada norveglani hisobda oldinga olib chiqdi. 74-daqiqaga kelib esa, zahiradan maydonga tushgan Amad Diallo hisobni tenglashtirdi. Biroq, 86-daqiqada norvegiyaliklar Afrika vakillarining himoyada bo‘sh qolgan zonalaridan foydalanganib jarima maydonchasi ichida Erling Xolandni topishdi va "Siti" hujumchisi darvozani osonlik bilan ishg‘ol etdi.
- World - Jahon chempionati
- Round of 32
Kot-d'Ivuar
- Amad Diallo 74'
Tugadi
1
:
2
30.06.2026 22:00
Norvegiya
- Antonio Nusa 39'
- Erling Haaland 86'

Fikrlar