
JCh saralashi. Bugun Saudiya Arabistoni autsayderga qarshi maydonga tushadi
2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatining saralash bosqichi doirasidagi o‘yinlar davom ettirilmoqda.
Bugun Abramov boshchiligidagi "oq bo‘rilar"ning asosiy raqibi hisoblanadigan Saudiya Arabistoni 6-tur o‘yinida maydonga tushadi. "Sahro lochinlari"ga autsayder Yaman raqiblik qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Mazkur o‘yin oldidan Saudiya 11 ochko to‘plagan holda guruhimiz peshqadami bo‘lib turibdi. So‘nggi pog‘onadagi Yaman hisobida 5 ochko mavjud.
Fikrlar