JChdagi sharmandalikdan so‘ng Germaniyada iste’fo yuz berdi

  • 06.12.2022 13:53
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya milliy terma jamoasi bosh menejeri Oliver Birxoff lavozimidan ozod etildi.

Bunga "nemis mashinasi"ning Jahon chempionatidagi salbiy natijalari sabab sifatida keltirilmoqda. Flik boshqaruvidagi jamoa mundial guruh bosqichida Ispaniya hamda Yaponiyadan keyin 3-o‘rinni egalladi va pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Birxoff 2004 yildan beri "bundestim" bosh menejeri sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. Bu orada germaniyaliklar Jahon chempioni bo‘ldi, bir necha bor Evropa chempionatida sovrindon bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!