Jennaro Gattuzo: Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz
"Napoli" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya A Seriyasi 24-turi doirasida "Kalyari" ustidan mexmonda qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"G‘alaba qozonishda davom etishimiz kerak, - deya so‘zlarini boshladi Gattuzo. - Turnir jadvalida vaziyatimizni yaxshilab olish uchun bizga yana ochkolar kerak bo‘ladi.
Biz to‘g‘ri yo‘lga tushib oldik, endi esa o‘zimizning ustimizda ishlashda davom etishimiz kerak", - deydi Gattuzo.
Ma’lumot o‘rnida, Italiya A Seriyasi 24-turidan so‘ng "Napoli" 33 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 8-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar