Jennaro Gattuzo Italiya klubini boshqarishga yaqin

  • 31.10.2019 12:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Italiyaning "Udineze" klubi ustozi Igor Tudor lavozimidan ozod etilishi mumkin. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Tudor A Seriyada yirik mag‘lubiyatlar sabab bo‘shatilishi kutilmoqda. "Zebralar" "Atalant" (1:7) va "Roma" (0:4)ga imkoniyatni boy berishgandi. Shu bois jamoa chempionatda 14-o‘rinda bormoqda.

Uning o‘rniga asosiy nomzod sifatida "Milan" klubining sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo ko‘rilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!