
"Jenoa" bosh murabbiyi "Fiorentina"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
Italiya chempionati 11-turi doirasida "Jenoa" mehmonda "Fiorentina" bilan bahs olib boradi. Genuyaliklar bosh murabbiyi Rolando Maron o‘yin oldidan o‘z fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.
"Bugun maydonda bor kuchimizni berib harakat qilishimiz kerak. Biz "Jenoa" qanday kuchga ekanligini namoyish eta olamiz. Jamoa va muxlislar turli xil qarashga ega bo‘lishi mumkin, biroq biz his tuyg‘ularni chetga surib, xarakter ko‘rsata olishimiz kerak", - deydi Maran.
Genuyaliklar A Seriya 9-turidan 5 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda, florentsiyaliklar esa 8 ochko bilan 17-pog‘onani band etishgan.
"Jenoa" "Fiorentina" bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar