
"Jenoa" chiqish yo‘llarini qidirmoqda. Destro, Shomurodov, Pandev, Skamakka mashg‘ulotlarda tinim bilmayapti
"Jenoa" oxirgi turlarda mag‘lubiyat va duranglar sabab ochkolarni boy bermoqda. Shu bois, jamoa bosh murabbiyi Davide Ballardini mashg‘ulotlarda futbolchilarni qattiq ishlashga undamoqda. Bu borada mutaxassis ularga ko‘rsatmalar beryapti va bevosita shug‘ullanish jarayonida futbolchilarni yaqindan kuzatib bormoqda. Ayrim murabbiylar mashg‘ulotlarni o‘tkazmaydi, balki yordamchisi o‘yinchilarni shug‘ullantiradi. Ballardini esa, genuyaliklarning mag‘lubiyatlari sabab, har xil taktika va uchrashuvda uchraydigan holatlarga tayyorlamoqda. Hamyurtimiz ham o‘zini ko‘rsatishga intilmoqda. Hujumchilar Pandev, Destro, Skamakka tinim bilmayapti. Chunki g‘alaba qozonish uchun hujumchilarning formada bo‘lishi juda muhim.
"Jenoa" futbolchilari to‘liq tarkibda 19 mart kuni o‘tkaziladigan bellashuvga hozirlanyapti. Shu kuni genuyaliklar A Seriya autsayderlaridan biri - "Parma" maydoniga safar uyushtiradi.
Markuz o‘yinga tayyorgarlik jarayoni aks etgan fotolar:
Fikrlar