Jerrard Oliseni "Liverpul"da ko‘rishni istaydi, ammo transferga ishonmayapti
Mart oyi oxirida "Liverpul"ning sobiq sardori Stiven Jerrard jamoa safida Maykl Olise kabi futbolchini ko‘rishni xohlashini aytgandi. Uning fikricha, fransiyalik vinger "qizillar" hujumi uchun ideal variantlardan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga, Jerrard vaziyatga real baho bermoqda. U Olisening hozirgi jamoasi — "Bavariya"ni tark etishi uchun deyarli hech qanday sabab ko‘rmayotganini ta’kidladi.
"Uning "Liverpul"ga kerakligiga shubham yo‘q. Lekin nega u "Bavariya"ni tark etishi kerakligini tushunmayman. U yerda har mavsum sovrinlar yutish uchun ajoyib imkoniyat bor. Menimcha, "Bavariya" Yevropaning eng kuchli klubiga aylanadi", — degan Jerrard.
Eslatib o‘tamiz, Maykl Olise 2024 yildan buyon Myunxenning "Bavariya" klubi safida to‘p surib kelmoqda va jamoaning muhim futbolchilaridan biriga aylangan.
Fikrlar