
Jervonta Devis faoliyatini yakunlaydimi? Uning murabbiyi aniq javob berdi
Amerikalik taniqli bokschi Jervonta Devisning murabbiyi bo‘lgan Kenni Ellis shogirdi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
"Odatdagidek, bular soxta yangilik! Jervonta faoliyatini yakunlamoqchi emas. U yana davom etadi", - deb yozgan Ellis o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 2013 yilning fevralida professional boksdagi debyutini o‘tkazgan Jervonta hozirgacha 30 ta g‘alaba (28 tasi muddatdan avval) va 1 ta durrang qayd etdi. Bugunga qadar Devis mag‘lubiyat alamini totmay kelmoqda.
Fikrlar