Jervonta Devis garov evaziga qamoqdan ozod qilindi

  • 30.01.2026 13:01
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Avvalroq, WBA chempioni Jervonta Devis oiladagi zo‘ravonlik va odam o‘g‘irlashga urinish ayblovlari bilan hibsga olingandi.

Bugun paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Jervonta Mayamidagi axloq tuzatish muassasasiga olib ketildi va "Mayami-Deyd" okrugi sudida 16 000 dollar garov evaziga ozod qilindi.

"Devis – chinakam jabrlanuvchi va men buni sudda isbotlashni intiqilik bilan kutyapman. Bu ishda Jervonta bilan sodir bo‘lgan voqea unga qarshi qo‘yilgan dastlabki ayblovlardan tashqariga chiqadi", – deya bokschining advokati Saymon Stekelning so‘zlarini keltirdi "Associated Press".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!