
Jessi Lingard APLning boshqa jamoasiga o‘tishi mumkin
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jessi Lingard qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Sheffield Star nashrining yozishicha, 28 yoshli angliyalik futbolchiga “Sheffild” va “Vest Xem” klublari qiziqish bildirmoqda. “Sheffild”da Jessini shaxsan jamoa bosh murabbiyi Kris Uaylder ko‘rishni xohlamoqda.
Jessi Lingard joriy mavsum MYu safida na APLda, na EChLda birorta o‘yinda ishtirok etmadi.
Fikrlar