Jeymi Karrager: "Liverpul"ga Koutino singari futbolchi etishmayapti

  • 18.05.2019 09:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" klubining afsonaviy himoyachilaridan biri Jeymi Karrager mersisaydliklar rahbariyati "Barselona"da to‘p surayotgan Felippe Koutinoni yana jamoaga qaytarish haqida o‘ylab ko‘rishlari kerakligini aytdi.

“Men uni qaytarish uchun barcha harakatlarni amalga oshirish kerak demoqchi emasman, agar uni arzonroqqa sotib olish imkoni bo‘lsa, men buni qilgan bo‘lardim. Ustiga-ustak “Barselona” xarajatlarni kamaytirmoqchi.

Bizga Koutino darajasidagi futbolchi etishmayapti. Jamoada Lallana va Shakiri kabi futbolchilar bor, biroq, Koutino – bu Bernardu Silva, David Silva hamda Kevin de Bryoyne darajasidagi futbolchi. Hozircha bunday futbolchilar bizda yo‘q”, - deydi Karrager.

Eslatib o‘tamiz, Koutino 2013-2018 yillarda “Liverpul” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!