
Jezus "Tottenxem"ning javobini berdi
«Manchester Siti»ning braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezus «Tottenxem»ga o‘tishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda Goal.com.
Manbaga ko‘ra, futbolchi ko‘proq "Arsenal"ga o‘tishni xohlamoqda, chunki u avvalroq "shaharliklar" murabbiylar shtabida ishlagan "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan yana birga faoliyat yuritishga umid qilmoqda.
25 yoshli Jezus o‘tgan mavsum "Manchester Siti" safida jami 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 12 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar