Jiddiy jarohat olgan Berdiev bilan Norbekovning ahvoli qanday?

  • 27 oktabr, 2020, 10:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z maydonida AGMKni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Lekin ushbu g‘alaba qo‘qonliklarga tatimadi, desak ham haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Tecno

O‘yinni ko‘pchilik ko‘rdi, afsuski, mezbonlarning ikki nafar futbolchisi – Shohnazar Norbekov bilan Suhrob Berdievning juda jiddiy jarohat olganliklari nihoyatda achinarli bo‘ldi. Ularning sog‘ligi qanday? Bu savol esa barchani qiziqtiryapti va tabiiyki, Berdiev bilan Norbekov borasida futbolga befarq bo‘lmagan insonlar tashvishdalar.

“Qo‘qon-1912” klubi matbuot xizmati rahbari Akromjon Mamadaliev sports.uz saytiga Berdiev bilan Norbekovning holati bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi:

-  Kecha g‘alaba qozonganimiz yaxshi bo‘ldiyu, ammo ikkita etakchi o‘yinchimizning jiddiy jarohat olishgani kayfiyatimizni buzdi. O‘yindan keyingi xursandchiligimiz ham joyiga tushmadi.

Suhrob Berdievning jarohat olgan videolari chiqdi, juda xunuk ko‘rindi. Aslida esa, Shohnazar Norbekovning jarohati unikidan-da, og‘irroq bo‘lgandi. Sababi, uning jarohati bosh miyaga bo‘lgan. Dastlabki tashxis natijasida unga bosh miya suyagining sinishi, degan to‘xtamga kelingan.

norbekov

Shifokorlarimiz kechadan beri har ikkala futbolchimizning sog‘liklari bilan kurashmoqdalar. Hozir ham ular bilan muntazam aloqadamiz. Norbekov ancha o‘ziga kelgan. Suhrobning esa oyog‘i singan. Berdiev Toshkentga jo‘natildi. Bugun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan so‘ng ikkalasini ham yakuniy tashxisi aytiladi. Bu borada shifokorimiz bayonot beradi va saytimizga shifokorimiz  bilan suhbat qilib qo‘yamiz.

Ko‘plab muxlislar ham futbolchilarimizning sog‘ligi borasida qayg‘urishyapti. To‘g‘risi, jarohat odamning yuragi ko‘tara olmaydigan darajada bo‘lgan. Ochig‘i, shaxsan men Suhrob Berdievning oyog‘ini ko‘rib yig‘lab yuboray dedim. Agar o‘sha vaziyatda uni ustida bo‘lsangiz o‘zingizni ushlab tura olmasdingiz. Alloh ularga shifo bersin, - dedi klub matbuot xizmati rahbari.

kukon_4

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Алишер Собиров
27/10/2020 11:33
Келилар дуо килайлик тезрок согайиб кетишсин.колган уйинчилар бе шикаст уйнаб юришсин
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
27/10/2020 11:32
Suhrob qulga kutarib olib chiqib ketdi sharmanda. bitta nasilka bulmasa. oyogini kurdim. qanday singani. bechora quli bilan shefokorlarni chaqirib yotibti. kermaydi bulmasa uyinchi jiddiy bulmasa chaqirmaydiki. keyingi uyinga ham Metalurkni uyinchi qupol uynadi sudiya qaramadi bulmasa. Tojiev uta qupol uynadi Buhoroga qarshi ham shunday uynovdi. yosh uyinchilarni kuzini qurqitib quyaman deydimi uzicha. Norchaev orqa tavonidan tepdi sudiya ham sharhlovchi ham. kurga uhshap gapiradi.
Расулжон Тоштемиров
27/10/2020 11:31
Оллох шифосини берсин жуда ташвишга тушиб коласан киши жуда хафа булдим