Jiru Evropa ligasida hafta futbolchisi deb topildi

  • 15.03.2019 20:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor kecha Evropa ligasida 1/8 finalning javob bahslari bo‘lib o‘tdi. UEFA rasmiy sayti esa joriy haftaning eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra "Dinamo" Kievga (5:0) qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan “Chelsi” forvardi Olive Jiru Evropa ligasida hafta futbolchisi deb topildi. Frantsiyalik futbolchi UEFA rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘pladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu nomga shuningdek Per-Emerik Obameyang ("Arsenal"), Tomash Souchek ("Slaviya") va Jonaslar ("Benfika") ham da’vogarlik qilishayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!