Jiru faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin

  • 21.03.2019 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi forvardi Olive Jiru mavsum yakunlangach Frantsiyaga yo‘l olishi mumkin.

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli frantsiyalik futbolchiga “Lion” klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. O‘z navbatida Jiru ham “aristokratlar” tarkibida zaxira futbolchisi bo‘lib qolishdan ko‘ra vataniga qaytishni ma’qul ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Jiru joriy mavsum “Chelsi” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!