Jiru Londonning boshqa jamoasiga o‘tishi mumkin
“Vest Xem” bugun “Ayaks”ga ko‘chib o‘tgan Sebastyan Aller o‘rniga munosib hujumchi qidirmoqda.
Eurosport tarqatgan xabarga ko‘ra, “bolg‘achilar” bu borada hamshahari “Chelsi”ning frantsiyalik forvardi Olive Jiruni ko‘zlamoqda. O‘z navbatida, 34 yoshli futbolchi ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini o‘zgartirishga tayyor.
Jiru joriy mavsum APLda jami 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi.



Fikrlar